IBF Net: 1999 yilda tashkil etilgan Islomiy Ishbilarmonlik va Moliya tarmog’i, onlayn faoliyat olib boradigan onlayn hamjamiyat bo’lib, hozirgi kunda Labuan Federal hududida va Kuala-Lumpurda (Malayziya) o’zining ofislariga ega bo’lgan Labuan Xalqaro Kompaniyasi sifatida ro’yxatga olingan. Halol ekotizimga yo’naltirilgan tadqiqotlarga asoslangan Xalqaro ishbilarmonlik va moliya instituti (IIIBF, The International Institute of Islamic Business and Finance), IBF Netning eng yirik loyihalaridan biri bo’lib, sifat nazorati va akkreditatsiya organi FAA tomonidan oliy ta’lim muassasi sifatida ro’yxatdan o’tgan, hamda Malaysia Negara Banki (Malaysia Markaziy Banki) va Malaysia Qimmatli Qog’ozlar Komissiyasi tomonidan qo’llab-quvvatlangan.
