Islomiy Tadqiqot va Taʼlim Instituti tomonidan 2007 yilda oʻtkazilgan «Islomiy mikromoliyani rivojlantirish: muammolar va tashabbuslar» tadqiqotida biz Islom hamkorlik tashkiloti (OIC)ga aʼzo boʻlgan, koʻpchilik musulmon aholisiga ega boʻlgan mamlakatlarda kambagʻallik darajasi yuqori va oʻsib borayotganligini kuzatdik. Tahlillarga koʻra, faqatgina 5 ta musulmon davlati – Indoneziya, Bangladesh, Pokiston, Nigeriya va Misrda dunyo kambagʻallarining yarim milliardi (528 million) milliy qashshoqlikda va kunlik 2 AQSh dollaridan kam daromad hisobiga istiqomat qiladi. Qiziq tomoni shundaki, bu mamlakatlar aholi orasida moliyaviy xizmatlardan foydalanishda oʻzini cheklashning yuqori darajasi bilan ham xarakterlangan. Baholash imkoniyati berilgan 44 ta musulmon mamlakatlaridan 31 tasida aholining uchdan ikki qismi rasmiy moliya tizimidan istisno qilingan. Achinarlisi shundaki, 17 ta musulmon mamlakatda 80% yoshi katta aholining deyarli toʻrtdan besh qismining moliyaviy tizimga kirish imkoniyati mavjud boʻlmagan. Bu holat tabiiyki quyidagi savolni yuzaga keltiradi: moliyaviy tizimdan foydalanishga haqiqatdan ham ularning riboga asoslangan bitimlarni taqiqlaydigan Islomiy eʼtiqodlari sabab boʻlganmikan? Bu mamlakatlardagi kambagʻal musulmonlar oʻzlarining eʼtiqodlari va madaniyatlarining anʼanaviy moliya tamoyillari bilan mos kelmaganliklari sababli oʻzlarini moliya tizimidan chetda tutganlarmi?

Kambagʻallarga yordam konsalting tashkiloti (CGAP)ning kelgusi yilda nashr qilinayotgan “Islomiy mikromoliya: rivojlanayotgan bozor sifatida” nomli maqolasida musulmon aholi koʻp istiqomat qiladigan mamlakatlarda islomiy tamoyillarga mos boʻlgan islomiy mikromoliya xizmatlariga boʻlgan talab oʻrganildi.

Maqolada taʼkidlanishicha, “Islomiy mikromoliyash nafaqat qondirilmagan talabni taʼminlash imkoniyatiga ega, balki, Islom dinining kambagʻallarga gʻamxoʻrlik qilish kabi ijtimoiy tamoyillariga amal qilish  bilan birgalikda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Muhimi shundaki, tahlillarga koʻra, «Islomiy mikromoliyalashtirish imkoniyatini taqdim etish hozirgi paytda Islom qonunlariga zid boʻlgan mikromoliyalashtirish mahsulotlarini rad etgan millionlab musulmon kambagʻallarni moliyaviy tizim shart-sharoitlari bilan taʼminlashning kaliti boʻlishi mumkin». Shuningdek, maqolada muallif kuzatuvlarini qoʻllab-quvvatlaydigan bir qancha tadqiqotlar oʻrganilgan. Jumladan, Jazoirda kichik biznes subyektlarining deyarli beshdan bir qismi aynan diniy sabablarga koʻra kredit olish uchun murojaat qilmagan (Frankfurt Moliya va Menejment maktabi 2006). Bu koʻrsatkich Suriyada 43-46 foizni (IFC 2007), Iordaniyada 25-32 foizni (USAID 2002, IFC/ FINCA 2006) tashkil etgan. Yana bir tadqiqot natijalariga koʻra respondentlarning yarmidan koʻprogʻi garchi qimmat narxga ega boʻlsa ham Islom moliyasi mahsulotlaridan foydalanishni afzal koʻrishlarini taʼkidlaganlar (PlaNet Finance 2007). Yamanda bu koʻrsatkich qashshoq aholining 40% ini tashkil qilgan. Shuningdek, maqolada taʼkidlanishicha, soʻrovnoma ishtirokchilarining Islomiy mahsulotlarga ustunlik berishidagi ogʻzaki ifoda, ularning taqvodorliklarini koʻrsatishga boʻlgan qiziqishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Yuqoridagi tahlillar, Islomiy mahsulotlarga nisbatan yuqori talab va afzalliklarning mohiyatini oʻrganish uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish zarurligini taqozo qiladi.

Jahon Bankining (2013) «Islomiy Moliya va Moliyaviy faollik: Musulmonlar orasida Rasmiy Moliyaviy Xizmatlardan foydalanish va talabni oʻlchash» tadqiqotlari bu masalani keng koʻlamli oʻrganishning dastlabki bosqichlaridan boʻldi. Tadqiqot 64 mamlakatdan 66.484 nafar kattalarni qamrab oldi, bu dunyoning katta yoshli musulmon aholisining taxminan 75 foizini tashkil etadi va bir qator muhim savollarni tugʻdiradi: (1) Musulmonlarning oʻzga din vakillariga qaraganda rasmiy moliyaviy xizmatlardan joriy holatda foydalanishlari ehtimoli kammi? (2) Bank xizmatlariga qamrab olinmagan musulmonlar va g’ayrimusulmonlar oʻzaro farqlanadimi, ularga moliyaviy faollik yoʻlida qanday toʻsiqlar mavjud? (3) Ushbu jihatlar davlatlar va individual insonlar boʻyicha qay darajada farq qiladi? Oz sonli tanlanma davlatlarda tadqiqot quyidagilarni ham oʻrgandi: (4) Shariat talablariga muvofiq moliyaviy mahsulotlardan xabardorlik va undan foydalanish qanday miqyosda? (5) Musulmonlar shariatga mos keladigan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar uchun qoʻshimcha haqni qay darajada toʻlashga tayyor? (Shunisi eʼtiborliki, Price Waterhouse Coopers ning 2008 yildagi hisobotiga koʻra, Malayziyada islomiy moliyalashtirish mahsulotlaridan foydalanuvchilar orasida gʻayridinlar nisbati musulmonlardan koʻproq boʻlgan).

Tadqiqot bir qancha qiziq natijalarga erishdi. Aniqlanishicha, “Musulmonlar g’ayrimusulmonlar nisbatan bank hisobraqamlariga ega boʻlishda oʻz diniy qadriyatlarini toʻsiq sifatida taʼkidlashgan, ammo bu natija asosan Afrikaning Sub-Saharadagi  respondentlariga tegishli. Shuningdek, musulmonlar ham oʻzga din vakillari singari xizmat narxi, yoʻl va hujjatlashtirish xarajatlarini ham toʻsiqlar sifatida koʻrsatishgan.”

Bundan tashqari, tahlil natijalariga koʻra, Islomiy bank mahsulotlaridan foydalanish miqyosi juda kam (respondentlarning deyarli 2%) va shu bilan birgalikda qimmat boʻlishiga qaramasdan Shariatga muvofiq mahsulotlardan foydalanishni afzal koʻrish darajasi juda yuqori (ishtirokchilarning 45 foizi). Biroq, respondentlarning 37 foizi anʼanaviy moliyaviy mahsulotlarni afzal koʻrishadi yoki shariatga mos keladigan mahsulotlar narxi qimmatligi sababidan ularni rad etishadi.

Yuqoridagi tadqiqotlarning natijalari oʻzaro zid emas. Islomiy bank mahsulotlaridan foydalanish darajasining pastligiga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin: bu yoʻnalishda savodxonlikning pastligi yoki mavjud boʻlgan islom bank mahsulotlari ishonchliligi va xizmat koʻrsatish samaradorligi bilan bogʻliq omillar. Biroq, shariatga rioya qilish musulmonlar uchun muhimdir. Ehtimol, kambagʻal musulmonlar uchun diniy me’yorlari yanada ahamiyatliroq boʻlishi mumkin. Shariat talablariga rioya qilmaslik, ehtimol, musulmonlarning moliyaviy cheklanishi muammosini kuchayishini taqozo qilib, natijada qashshoqlik darajasining ortishiga olib keladi.

_____________________________________________________________
Dr.Nilufar Allaberganova tomonidan tarjima qilingan

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s

%d bloggers like this: