Usmonli vaqfi Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan (SDGs) koʻzlangan ijtimoiy muammolarni hal qilgan. Jumladan, Usmonli vaqfida tugʻilgan insonlar, vaqf maktabida taʼlim olgan, vaqf korxonalarida ishlab, unga tegishli kasalxonalarida tibbiy xizmatlardan foydalangan va hattoki vaqf yerlariga dafn qilingan.
BRMlarining (SDGs) Shariat maqsadlari(MaS) bilan uygʻunlashuvi va umumiy gʻoyalarni amalga oshirishda vaqf sektori roli va ahamiyati toʻgʻrisidagi tadqiqotlarim davomida, men, Turkiya Vaqf Direksiyasining Usmonli turklar davrida tuzilgan Turkiyaning turli qismlaridan tanlangan vaqf loyihalari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan «Ajablanarli asoslar» nomli qiziqarli nashriga duch keldim. Ushbu nashrda taxminan 113 ta vaqf yoritilgan. Ushbu ro’yxatdagi aniq manzara meni quyidagi g’ayritabiiy savol ustida o’ylanishga undadi. Agarda biz vaqt mashinasi yordamida XVIII-XIX asrlarga qayta olsak va qo’limizda BMTning BRMlari to’g’risida imzolangan hujjati bo’lganida, biz qanday qarorlar va hukmlar qilgan bo’lar edik? Usmonli turklar MaS va BRMlarga erishish uchun vaqf institutidan foydalanishda qanday tarixiy tajribaga ega edilar? Yoki jamoaviy mulklar tabiati, ijtimoiy ehtiyojlar (ularni qondirish uchun tashkil qilingan vaqf fondlari tabiatida aks etganidek) hozirgi zamondan juda farq qilgan edimi?
Shunday qilib, men ushbu nashrda hujjatlashtirilgan 113 ta vaqf asoslarini ularning maqsadi va xizmat qilgan ijtimoiy ehtiyojlari asosida tasniflashga va ularni MaS va BRMlarga (SDGs) erishish xaritasiga muvofiqlashtirishga harakat qildim. Taqsimot aks etgan natijalar quyida hukmingizga havola qilinmoqda. Ularning deyarli barchasi Birlashgan Rivojlanish Maqsadlariga mos kelganligini ko’rishingiz mumkin. Istisno qilinganlar ham qashshoqlikni qisqartirish kabi BRMlariga mos keladi. Keling, bir nechta misollarni ko’rib chiqaylik. Shuni ta’kidlashim joizki, ushbu davrlarda xayriya qilguvchilar tafakkuridagi ijodkorlik va innovatsiyalar meni hayratda qoldirdi. Shuningdek, quyida BRMlari tizimidan menda alohida qiziqish uyg’otgan bir nechtasini tanlab oldim.

Misol uchun, BRM 1 yoki qashshoqlikni kamaytirish maqsadini ko’rib chiqaylik. Bundan bilib olamizki, vaqf fondi kambag’allarning soliq majburiyatlarini ham o’z zimmasiga olgan. Jumladan, bevosita yoki bilvosita soliqlar yoki kambag’al va muhtoj insonlar to’lashga moliyaviy imkoniyatlari bo’lmagan har qanday to’lovlar bo’lishi ham mumkin edi. Siz, hozirgi vaqtda, istalgan maosh evaziga yashovchi insondan so’rasangiz, albatta, bir yil davomida kamida bir oy soliq majburiyatlari tufayli daromadsiz qolishi mumkinligini aytadi. Demak, o’rganilayotgan vaqflar hukumat tomonidan talab qilingan soliq to’lovlarini kambag’allar va o’rtahol insonlar hisobidan to’lab, ularga yordam bera olgan. Bundan kelib chiqadiki, vaqf fondlari aslida o’zlarining soliqdan ozod qilinganligi sababidan davlat budjeti daromadlarini kamaytirish o’rniga ko’paytirishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, BRM 1 va boshqa ko’plab BRMlarida ko’zda tutilgan yetimlarga g’amxo’rlik qilish masalalari ham vaqflar negizida o’z yechimini topgan.
Kambag’allar uchun soliqlarni to’laydigan ayollar vaqfi | Mavjud emas | Bolgariya/Varna/ Provadi | Milodiy 1708-yil |
Yetimlarga g’amxo’rlik qilish | Haci Timurtaş Paşazade | Istanbul | Milodiy 1500-yil |
Tumanlar aholisi soliqlarini to’lash | Esbak Maraş Kadisi, Müftüzade, es-Seyyid | Istanbul | Milodiy 1822-yil |
Kambag’allarga tozalovchi materiallar va oziq-ovqat sotib olish | Not Available | Istanbul | Milodiy 1904-yil |
Ijtimoiy himoya | Sadr-i Rumeli, Nakibu’l-Eşraf, es-Seyyid | Istanbul | Milodiy 1846-yil |
Kambag’al mahbuslarga nafaqa berish | Esbak Kaptan-i Derya, el-Hac | Istanbul | Milodiy 1708-yil |
Ehtiyojmandlarning soliqlarini to’lash | Çavuş | Istanbul | Milodiy 1605-yil |
Yetim talabalarning kiyim-kechak ehtiyojlarini qondirish | Abdurrahman Kizi | Istanbul | Milodiy 1773-yil |
Kuchli qashshoqlikka uchraganlarga yordam berish | Ahmed bin Rahat, el-Hattab | Sivas | Milodiy 1321-yil |
Kambag’allar uchun qurbonlik qilish | Abdurrahman Nafiz Paşa Karisi | Istanbul | Milodiy 1857-yil |
BRM 1
Endilikda, BRM2 yoki ochlikni nol darajagacha tushirish maqsadini o’rgansak, bir nechta qiziq misollarga duch kelamiz. Jumladan, Vaqflardan biri holva yoki shirinliklarni tarqatishga ixtisoslashtirilgan va uning yagona vazifasi shu! Boshqa Vaqflar esa meva yetishtirish va tarqatishga, yana boshqalari masjidlarga ovqat yetkazib berishga moslashgan holda faoliyat yuritgan. Bularning barchasi vaqflarning aniq maqsadga ko’ra (ixtisoslashgan ko’rinishda) faoliyat yuritganligi namunasi bo’lib, ushbu tizim asrlar osha amal qilib kelgan.
Issiq non tarqatish | Sahib-i Ata, Emir-i Kebir, el-Konevi, Vezir | Sivas | Milodiy 1280-yil |
Non tarqatish | Davud Ağa Zevcesi | Tekirdağ /Çorlu | Milodiy 1739-yil |
Ehtiyojmandlarga issiq ovqat yetkazib berish | Mengli Giray Kizi, Yavuz Sultan Selim Zevcesi | Istanbul | Milodiy 1522-yil |
Holva tarqatish | Çayköy Ağasi | Amasya/ Central | Milodiy 1780-yil |
Mevalar yetkazib berish | Biyiklizade, Kethüda | Bursa/Iznik | Milodiy 1594-yil |
Masjidlarga ovqat tarqatish | Sadr-i esbak, Köprülü | Samsun/ Vezirköprü | Milodiy 1661-yil |
BRM 2
Vaqflarga donorlik qilayotganlar o’rniga o’zimni qo’yib ko’rib, ularni tushunishga urinar ekanman, yuqoridagi kabi vaqf muassalari balki, meva yetishtirish va sotish, holva kabi shirinliklar tayyorlash, hamda nonvoylik bilan shug’ullanuvchi ishbilarmonlar, savdogarlar tomonidan tashkil qilingan degan xulosaga keldim. Shuningdek, ushbu tadbirkorlarning shaxsiy vaqflari ham mavjud bo’lgan. Bir soniya bo’lsada o’ylab ko’raylik. Hozirgi kunda o’z sohasi yoki tadbirkorligi yo’nalishida vaqf tashkil etishni o’ylaydigan ishbilarmonlar salmog’i qancha?
BRM 3 yoki Sog’liqni saqlash maqsadiga to’xtaladigan bo’lsak, Usmonli turk vaqflarida salomatlik va gigienani ta’minlash masalasida – yosh o’g’il bolalarni xatna qildirish, Ramazon oyining ibodat kechalarida asal tarqatish kabi bir qancha qiziqarli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bunday loyihalarda Islomiy o’lchovlarni ko’rish qiyin emas. Shu sababli, men BRM 3 ni MaS bilan uyg’un deb hisoblayman. Bundan tashqari, yetimlarni yozgi kiyimlar bilan ta’minlaydigan, ko’zi ojizlarga va yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan dispanser, kasalxonalar qurishga mo’ljallangan vaqflar bo’lganini ham ko’rishimiz mumkin.
Bemorlar uchun dori-darmon tayyorlash | Kanuni | Istanbul | Milodiy 1547-yil |
Bemorlarga uy sharoitida yordam ko’rsatish | Germeyanoğlu | Kütahya | Milodiy 1888-yil |
Yuqumli kasalliklarni davolash | Ahmed bin Rahat, el-Hattab | Sivas | Milodiy 1321-yil |
O’g’il bolalarni xatna qildirish | Sultan, Veli | Amasya | Milodiy 1496-yil |
Yetimlar uchun yozgi kiyimlar sotib olish | Habib-i Acemi, Kizil, Cami-i Kebir | Urfa | Milodiy 1384-yil |
Shifokorlarga kasbiy xulq-atvor qoidalarini o’rgatish | Sultan Izzedin I Keykavus bin II Keyhüsrev bin II Kiliçarslan bin I Mesut | Tokat | Milodiy 1221-yil |
Ko’zi ojizlarga xizmat ko’rsatish | El-Hac | Siirt | Milodiy 1903-yil |
Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga tamakini ta’qiqlash | Mavjud emas | Diyarbakir | Milodiy 1833-yil |
Ramazon xuftonidan so’ng, namozxonlarga kaçkar asalidan tayyorlangan sirop tarqatish | Mavjud emas | Istanbul | Milodiy 1663-yil |
Muhtojlar uchun kasalxonalar tashkil etish | Bezm-i Alem Valide Sultan | Istanbul | Milodiy 1847-yil |
Kasalxonalar qurish | Ebu’l-feth, Sultan | Sivas | Milodiy 1200-yil |
Bemorlarning huquqlarini himoya qilish | Sultan Murad-i Salis Validesi, Atik Valide Sultan | Istanbul | Milodiy 1582-yil |
Ko’z kasalliklari uchun dori tayyorlash | Ortayazici, Tokadi, Sekbanbaşi, el-Hac, Zaim, Hafiz, Seyyid | Istanbul | Milodiy 1745-yil |
BRM 3
BRM 4 yoki Ta’limni qo’llab-quvvatlash maqsadi bo’yicha to’xtaladigan bo’lsak, siz takroran xattotlikka o’qitish, talabalarni ekskursiyalarga olib chiqish, ilmiy kitoblarni tayyorlash, tarqatish va ehson qilish, hamda ta’lim jarayonlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi qiziq misollarga duch kelishingiz mumkin. Darhaqiqat, biz bu tadqiqotlardan so’ng zamonaviy vaqflar bo’yicha ham izlanishlar olib bordik, ammo ushbu misollardagi kabi aniq maqsadga va yaqqol harakat dasturlariga yo’naltirilgan vaqflarni topishimiz qiyin bo’ldi. Ehtimol, bu kabi samarali faoliyatga – Usmonli turklar davridagi ko’pchilik vaqflarning, zamonaviy vaqflar singari ko’plab maqsadlarga to’la, keng ko’lamdagi ijtimoiy kun tartibiga emas, balki, har bir vaqf yagona mikroskopik maqsadga yo’naltirilganligi sabab bo’lsa ne ajab?!
Pansionatlarga stipendiya berish | Antep Müftüsü, Müderrisin-i Kiramdan, Kozanizade | Gaziantep | Milodiy 1831-yil |
Talabalarni ekskursiyalarga olib chiqish | Melek Ahmed Paşa Kizi Fatma Hanim Sultan | Istanbul | Milodiy 1716-yil |
Talabalar uchun kiyim-kechak va o’quv qurollari sotib olish | Sefer Ağazade, Istabl-i Amire de Kaşikci | Istanbul | Milodiy 1730-yil |
Xattotlik san’atiga o’qitish | Not Available | Istanbul | Milodiy 1740-yil |
Kitoblarni ta’mirlash | Eş-Şeyh | Kastamonu | Milodiy 1860-yil |
Kambag’al bolalarga ta’lim berish | Veli, Gazi Sultan | Amasya | Milodiy 1495-yil |
Ilmiy kitoblarni ehson qilish | Çildir Valisi, Sefer Paşazade, el-Hac | Ahiska | Milodiy 1756-yil |
Ta’lim sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish | Valide-i Sultan Mehmed Han bin Kanuni Süleyman Han | Istanbul | Milodiy 1551-yil |
BRM 4
BRM 5 haqidagi ma’lumotlar juda ham qiziq, chunki, u ayollar imkoniyatlarini kengaytirish xususida bo’ladi. Arzirli sabablarga ko’ra Islomiy iqtisodchilar bu konsepsiya bilan unchalik yaxshi chiqishmaydilar. Chunki, Islomiy mikromoliya doirasidagi amaliyotchilar nafaqat ayollarning, balki butun oilaning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish haqida qayg’uradilar. Islom oilani bir butunlik, yaxlit birlik deb hisoblaydi. Siz bu integral birlikning bir qisminigina kuchaytirish haqida o’ylay olmaysiz. Ammo, ayollarning tashlab ketilish va ko’chish holatlari ham bo’lishi mumkin. U holda, siz, darhaqiqat ularni boshpana va barcha hayotiy zaruratlar bilan ta’minlash majburiyatini olasiz. O’sha davrlarda Usmonlilar vaqflari orqali ko’pchilik yaxshi va muvaffaqiyatli turmush qurishni maqsad qilgan (kuchli oila asosiy omil sifatida qaralgan). Shuningdek, bu jarayon Shariatning nasl-nasabni asrash va rivojlantirish maqsadi bilan aniq bog’langan. Agar siz nikoh va oilani jamiyatning muhim bo’lagi sifatida qaramas ekansiz, bu maqsadga erisha olmaysiz. Demak, nikoh Islomda juda muqaddas institut bo’lib, bunda er va xotin ahamiyatli, oila esa jamiyat rivojlanishida juda muhim rol o’ynaydi. Ayni shu jihat zamonaviy siyosatchilar tomonidan qabul qilish qiyin bo’lgan konsepsiyadir. Shunday qilib, Usmonli turklar ko’rgan choralar, ehtimolki, ushbu maqasidni – oilani himoya qilish va tarbiyalashni ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bilan muvofiq ko’rinishi deb tasniflash mumkin. Shuningdek, o’sha davrlarda beva ayollarni boshpana bilan ta’minlaydigan vaqf fondlari mavjud edi. Qiziq jihat shundaki, hatto (kambag’al) qizlar uchun sapro, maxr masalalarini hal qilishga mo’ljallangan vaqflar ham faoliyat ko’rsatgan. Qiz farzandni saprolarini yetarli qilib, turmushga uzatish ota-onaning islomiy farzidir, vaqflar esa bu vazifani kambag’al ota-onalar uchun bajargan, hamda yetim qizlarga moliyaviy tomondan ota-ona o’rnini bosa olgan. Shu bilan birgalikda kambag’al va yetim kelinlar uchun liboslar tayyorlashga mo’ljallangan vaqflar ham mavjud bo’lgan
Qizlar sarposini tayyorlash | Sadr-i Rumeli, Nakibu’l-Eşraf, es-Seyyid | Istanbul | Milodiy 1845-yil |
Ayollar boshpanasi | El-Hac, inegöllüzade | Bursa, inegöl | Milodiy 1916-yil |
Qashshoq bo’ydoqlar birlashmasi | II Selim Kizi | Istanbul | Milodiy 1573-yil |
Qashshoq va beva ayollar ehtiyojlarini qondirish | Defterdar Mustafa Çelebi Zevcesi | Istanbul | Milodiy 1588-yil |
To’y marosimini uyushtirish va qashshoq ayollarni kiyim bilan ta’minlash | Çapanzade Abdulfettah Bey Kizi | Istanbul | Milodiy 1865-yil |
BRM 5
BRM 6-ga nisbatan yana bir nechta qiziqarli misollar keltirilgan. Suv quduqlarini qazish bilan bir qatorda vaqflarning (hozirgi ko’pchilik vaqflar singari) ba’zilari sovuq qish paytida tahorat uchun issiq suv yetkazib berishga bag’ishlangan. Xuddi shu tarzda, issiq yozda sovuq suv tarqatadigan yoki hammom quradigan va odamlar uchun uy yuvadigan vaqflar ham mavjud edi. Ma’lumki, BRM 7 yorug’lik va elektr energiya bilan ta’minlashni maqsad qiladi. Ushbu namunada biz minoralar va masjidlarning yoritilishi holatlarini topdik.
Yozning issiq vaqtida sovuq suv tarqatish | Hoca-yi Sultani | Istanbul | Milodiy 1571-yil |
Qish mavsumida namozxonlarni issiq suv bilan ta’minlash | Kocabeyzade | Ankara | Milodiy 1721-yil |
Suv quduqlarini qazish | Kizi | Istanbul | Milodiy 1720-yil |
Zararkurandalarni yo’q qiladigan suv vaqflari | Şeyh Ali Semerkandi | Çankiri, Eskipazar, Şeyhler Çamlidere village | Mavjud emas |
Odamlar uchun hammom va cho’milish joylarini qurish | Sakizli, es-Seyyid | Medina | Milodiy 1713-yil |
Namozxonalar va yuvinish xonalari qurish | Haci Ismailoğlu | Istanbul | Milodiy 1762-yil |
BRM 6
Munosib ish o’rinlari yaratish va bandlikni ta’minlashga bag’ishlangan BRM 8 juda muhim maqsadlardan biridir. Usmonlilar vaqflarning ba’zilarining maqsadi esa – ishsiz qatlamga o’zini band qilish yoki tadbirkorlik orqali mustaqil ish o’rinlari yaratishga ko’maklashish, hamda kasod bo’layotgan savdogarlarga sanoat korxonalari tashkil etishga yordam berish hisoblangan. Tabiiyki, bu vaqflar orqali jonli ishbilarmonlik madaniyati ta’minlashga erishilgan. Bizning zamonamizda ham ular faoliyati ipakchilik, urug’larni saqlash, qishloq xo’jaligi vositalarini etkazib berish, daraxtlar ekish va hokazolar faoliyatlarga bag’ishlangan vaqflar ko’rinishida davom etib kelmoqda.
Daraxtlar ekish | Umera-yi Deryadan | Sakiz | Milodiy 1105-yil |
Ipakchilik fermalarini rivojlantrish | Edirne Governer | Edirne | Milodiy 1923-yil |
Fermerlarni qishloq xo’jaligi vositalari bilan ta’minlash | Ahmed bin Rahat, el-Hattab | Sivas | Milodiy 1701-yil |
Qishloq xo’jaligi maydonlarini qayta ishlash | Es-Seyyid | Iznik | Milodiy 1749-yil |
Urug’larni saqlash | Cedid, Semiz, Gedik | Istanbul | Milodiy 1565-yil |
Fabrikalar barpo etish | Laleli Sultan | Istanbul | Milodiy 1773-yil |
Bankrot bo’layotgan savdogarlarga yordam berish | Kile (Keyli) Naziri, el-Hac, Silahşor-i Şehriyar | Istanbul | Milodiy 1826-yil |
BRM 8
Infratuzilmaga mo’ljallangan vaqflarga namuna sifatida suv havzalari orqali transport harakatini yoki qutqaruv kemalarini ta’minlashga xizmat qilgan vaqflar tashkil qilinganini ko’rish mumkin.
Daryoda transportni ta’minlash | Sinan Bey | Istanbul | Milodiy 1522-yil |
Van ko’lida shoshilinch yordam kemasini taqdim etish | Diyarbakir Beylerbeyi | Van | Milodiy 1588-yil |
Infratuzilma xizmatlarini ko’rsatish | Kaptan-i Derya, Cezayirli, Gazi | Çanakkale | Milodiy 1777-yil |
BRM 9
Biz o’rganayotgan vaqflarning katta qismi shaharlar uchun mo’ljallangan edi. Ko’pchilik turli xil ehtiyojlarini barqaror imkoniyatlarga ega bo’lgan shaharlar orqali qondirishga intilgan. Shunday qilib, vaqflarning deyarli uchdan bir qismi yo’l harakati xavfsizligini ta’min etish, mehmonxonalar qurish, shahar estetikasini saqlash, grafitlarni yo’q qilish uchun mo’ljallangan vaqflar edi va bu ro’yxat davom etmoqda. BRM 11, ya’ni shaharlar barqarorligi va mushtashamligini ta’minlash masalasida quyida musulmonlar va g’ayridinlar uchun qabristonlar qurish kabi yaxshi misollarning juda yaxshi amalga oshirilganligini ko’rish mumkin.
Grafitlarni o’chirish | Ebulfeth, Fatih Sultan | Istanbul | Milodiy 1470-yil |
Favvoralarni ta’mirlash | Baradoğlu | Amasya/Gümüşhaciköy | Milodiy 1860-yil |
Isrofgarchilikning oldini olish | Sultan Üçüncü Mehmedoğlu Ahmed Han | Istanbul | Milodiy 1613-yil |
Yoz va qishda odamlar dam olishlari uchun lagerlar tashkil etish | Lüfti Efendi Azadlisi | Istanbul | Milodiy 1754-yil |
Kambag’al qariyalarga uy sharoitida yordam ko’rsatish | Yorgani Emirzade, Sirkecibaşi, es-Seyyid | Istanbul | Milodiy 1597-yil |
Shahar estetikasini saqlash | Mehmed Hayri Paşa | Istanbul | Milodiy 1903-yil |
Mehmonxonalar qurish | Sari, Berber, Müftü | Izmir | Milodiy 1673-yil |
Issiq kunlarda jamoat favvoralariga qor qo’yish | Mehmudzade, el-Hac | Aydin/Atca | Milodiy 1860-yil |
Yo’l harakati xavfsizligini boshqarish | Mavjud emas | Antakya | Milodiy 1705-yil |
Daryolar bo’yida ibodat joylarini qurish | Dergah-i Ali Gediklilerinden, Yeğen | Istanbul | Milodiy 1766-yil |
Shahid va sahobalarning ziyoratgohlarini ta’mirlash | Haci, Ömeroğlu | Kayseri | Milodiy 1832-yil |
Mevlevi darveshlari uyiga zaytun bog’ini ehson qilish | Sarioğlu Eşi | Istanbul | Milodiy 1883-yil |
Masjidlar va minoralarni yoritish | el-Hac | Aydin | Milodiy 1742-yil |
Ziyoratchilar uchun dam olish joylarini qurish | Kazasker | Bursa | Milodiy 1570-yil |
Atrof-muhitni obodonlashtirish | Nebizade el-Hac | Istanbul | Milodiy 1596-yil |
Yo’l qoplamalarini ta’mirlash | Sadr-i Rumeli, Nakibu’l-Eşraf, es-Seyyid | Istanbul | Milodiy 1861-yil |
Keksa ayollar uchun uylarni qurish | Sultan | Istanbul | Milodiy 1553-yil |
Qishloqqa kelgan musofirlarni mehmon qilish | Mavjud emas | Balikesir/Edremit | Milodiy 1757-yil |
Tabiiy ofatdan keyin texnik ta’mirlash ishlarini olib borish | Hassab Haci Iskenderzade | Istanbul | Milodiy 1549-yil |
Ko’priklarni ta’mirlash | Rumeli Beylerbeyi, Kara, Anadolu Beylerbeyi | Macedonia/ Skopje | Milodiy 1514-yil |
Tarixiy joylarni himoya qilish | Haci Mehmed oğlu Ali Efendizade | Çanakkale/Çan | Milodiy 1801-yil |
Favvoralar bilan ta’minlash | Kayserili | Erzurum | Milodiy 1722-yil |
Hojilar, darveshlar va kambag’allar uchun dargohlar qurish | El-Hac, Hoca, Vilayet Meclis-i Azasi | Urfa | Milodiy 1860-yil |
Tarixiy joylarning ichki dizayni va tozaligiga g’amxo’rlik qilish | Köprülüzade, Diyarbakir and Van Valisi | Diyarbakir | Milodiy 1721-yil |
Musulmon va g’ayridinlar uchun qabrlar qurish | Silahdar-i Şehriyari | Istanbul | Milodiy 1795-yil |
BRM 11
Ko’pchilik hollarda, dastlabki islom ulamolarimiz sayyorani va atrof-muhitini saqlab qolish muhimligini to’liq anglamagan deb ishonishadi. Vaholangki, Usmonli turklarga tegishli vaqflarning bir qismi BRM14 va BRM15-da ko’zda tutilgan maqsadlarga, ya’ni, atrof-muhitni, yer va dengiz boyliklarini muhofaza qilishga yo’naltirilganligi yuqoridagi tahminni yo’qqa chiqaradi. Jumladan, quyidagi misollar orasida kabutarlar uchun boshpana qurish, ko’llarni tozalash va laylaklarni himoya qilish vaqflarining borligi, ushbu jamiyatlarning barchasida hayvonlarga va tirik mavjudotlarga g’amxo’rlik qilinganligini anglatadi.
Atrof muhitni va o’rmon xo’jaligini muhofaza qilish | Altunizade | Istanbul | Milodiy 1885-yil |
Bosforda toza havo olish uchun | Peksimetçibaşi | Istanbul | Milodiy 1730-yil |
Daryo bo’yiga tollarni ekish | Sadrazam, Sokullu, Sokullu, Şehid, Tavil, Ibrahim Hanzade | Istanbul | Milodiy 1574-yil |
Jamoat hayvonlari va yo’lovchilarni suv bilan ta’minlash | Mavjud emas | Aydin/Tire | Milodiy 1544-yil |
Hayvonlar uchun o’tloqlarni tashkil etish | Adana Beylerbeyi, Ramazanoğlu | Adana | Milodiy 1538-yil |
Ko’cha hayvonlariga non berish | El-Hac, es-Seyyid | Istanbul | Milodiy 1778-yil |
Kabutarchilikni yo’lga qo’yish | Çandarlizade | Bursa | Milodiy 1707-yil |
Hayvonlar va urug’larni yaxshilash | Ahmed bin Rahat el-Hattab | Sivas | Milodiy 1321-yil |
Laylaklarni himoya qilish | Mürselli, Haci | Izmir, Ödemiş | Milodiy 1889-yil |
Ko’llarni tozalash | Mavjud emas | Edirne | Milodiy 1585-yil |
BRM 14-15
BRM16 shaxslarning qadr-qimmati va ularning nizolardan xoli bo’lgan tinch jamiyatlarda yashash huquqi haqida. Ba’zi vaqflar mamlakat dengiz kuchlarini qo’llab-quvvatlash yoki armiyani moddiy-texnik bazasini rivojlantirish orqali mudofaa tizimini mustahkamlashga bag’ishlangan edi. Hattoki, ular orasida nasroniy qullarni qutqarish, musulmon qullarni qutqarish va urushga ketayotgan faxriylarni otlar bilan ta’minlashga qaratilgan vaqflarni ham ko’rish mumkin.
Muqaddas kechalarda mahbuslarni davolash | Es-Seyyid | Bursa | Milodiy 1799-yil |
Xristian qullarini qutqarish | Mavjud emas | Istanbul | Milodiy 1740-yil |
Musulmon qullarni qutqarish | Selahaddin Pehlivan Kizi | Damascus | Milodiy 1308-yil |
Qullarni birlashtirish | Mavjud emas | Edirne | Milodiy 1472-yil |
Qutqaruvchilarga yordam berish | Subaşi | Istanbul | Milodiy 1576-yil |
Dengiz kuchlarini qo’llab-quvvatlash | Mavjud emas | Istanbul | Milodiy 1910-yil |
Armiyani moddiy-texnik jihatdan ta’minlash | Sultan Selim III Validesi | Istanbul | Milodiy 1795-yil |
Urushga ketayotgan faxriylarga otlar berish | Sadrazam, Sokullu, Sokullu, Şehid, Tavil, Ibrahim Hanzade | Istanbul | Milodiy 1574 -yil |
BRM 16
Shunday qilib, Usmonlilar jamiyat manfaatlari – ko’p miqdordagi jamoat mollariga bo’lgan ehtiyojlar haqida o’ylaganliklari va bu masalalarga vaqf instituti orqali yechimlar topganliklari, aslida, noodatiy va ajablanadigan holat emas. Jumladan, o’sha davrlarda insonlarni haj safariga jo’natish, masjidlarni tozalash, namozxonalarda soatlarni ta’mirlash xizmatini ko’rsatish kabi dinni himoya qilishga qaratilgan vaqflar ham mavjud edi.
Endi zamonaviy vaqflarga nazar tashlaydigan bo’lsak, ular Birlashgan Rivojlanish Maqsadlari (BRM) va MaS ga qay darajada mos keladi? Biz ushbu savolga javob beradigan keng qamrovli tadqiqotning jarayondamiz. Dastlabki natijalar shuni ko’rsatadiki, zamonaviy vaqf institutlari oldida uzoq yo’l bor. Ularning asosiy qismi ta’lim va sog’liqni saqlash tizimida malakalarini oshirish, gender tengligi va sog’lom turmush tarzini yaratish va kambag’allarni moliyalashtirish kabi bir nechta masalalarni hal qilishga qaratilgan. Kelgusida bu yo’nalishlar qatoriga qishloq xo’jaligi va infratuzilmani yaxshilash ham kiradi.
Usmonli turklar imperiyasida vaqf xizmatlari keng ko’lamda tarqalgan. Quyidagi bayonotda ta’kidlanganidek, Usmonli vaqflari BRMlar doirasida va hatto undan tashqari ham ko’plab ijtimoiy muammolarni hal qila olgan. Odamlar vaqf mulkida tug’ilganlar, vaqf maktablarida o’qiganlar, vaqf korxonalarida ishlaganlar, vaqf kasalxonalarida davolanganlar va vaqf yerlarida dafn qilinganlar.
_____________________________________________________________
Dr.Nilufar Allaberganova tomonidan tarjima qilingan