Keng miqyosda MaS va BRMlar o’rtasidagi mosliklar yoki nomuvofiqliklarni maqsadlar ierarxiyasidan pastga qarab tadqiq qilindi. Uyg’un jihatlar, farqli xususiyatlardan kam emas.

Shariat nuqtayi nazaridan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs)ni tahlil qilingan so’nggi nashrimiz Islom moliyaviy institutlarining shu vaqtgacha chegaralangan “muvofiqlik” nazariyasi doirasidan chetga chiqishni istamaganliklari bilan bog’liq edi. Ushbu nashrda esa Shariat maqsadlariga e’tiborni qaratgan holda, keng miqyosda samaradorlik ta’siriga asoslangan yondashuvga o’tish zarurligi ta’kidlanadi. Natijada, Shariat asoslari yoki maqsadlari (MaS) bilan BRM (SDG)laridagi global hamjamiyatni rivojlanish maqsadlari o’zaro muvofiq bo’lgandagina, Birlashgan Millatlar Tashkilotining kun tartibidagi dolzarb ahamiyatga ega rivojlanish dasturlarida Islomiy moliya institutlari ham global ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin degan xulosaga kelindi.

Ushbu ikki nuqtadagi, ya’ni ilohiy qonuniyatlarga asoslangan Shariat Maqsadlari (MaS)lari va bir nechta madaniyatlar, dinlarga tegishli jamiyatlarning axloqiy normalarini o’zida aks ettirgan BMT tomonidan o’rnatilgan  maqsadlar (SDGs) solishtirilganda, bir nechta savollar kelib chiqdi. Bu savollarga o’quvchilardan ko’plab javob oldik va ular orqali keng masshtabga ega masalalarni yaqindan o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik.

Ba’zi bir ilmli o’quvchilarning ta’kidlashlaricha, ushbu maqsadlarning birinchisi aniq samoviy axloq va ma’naviyat me’yorlariga tayangan bir paytda ikkinchisining ildizlari moddiyatga asoslangan dunyoviy qonuniyatlarga borib taqaladi va shuning uchun ham ijtimoiy muammolarni hal qilishda doimiy bozordagi muvaffaqiyatsizliklar hamda yo’qotishlar bilan tugaydi. Shuning uchun ham ushbu taqqoslash ishi – huddi olmalar va apelsinlarni o’zaro qiyoslash kabidir ehtimol. Islom iqtisodiyoti va moliyasi bo’yicha taniqli olimlardan biri aytganidek, “BRMlari voqelikning bir bo’lagini aks ettiruvchi rivojlanish indikatoriga, ya’ni moddiy va miqdoriy ko’rsatkichlarga qaratilgandir. Bulardan muhimroq haqiqat esa Ruh (taqvodorlik ruhi) unsuri bo’lib, uni odatiy miqdor o’lchovlarida baholash, qiymat berish imkonsizdir.” Ushbu izohlar ko’plab qiziqarli masalalar va munozarali fikrlarni yuzaga chiqarishi aniq.

Keling, Shariat asoslari yoki maqsadlarini ko’rib chiqamiz. Islomiy adabiyotlardagi turli xil tasniflash sxemalariga qaramasdan, biz har bir taqvodor va Islomga ergashgan insonga ma’lum bo’lgan, ommatan tushunarli qismlarini tanlaymiz. Shariatning keng ma’nodagi yaxlit vazifasi bu inson zotini Qodir Allohning yer yuzidagi xalifasiga aylantirishdir. Ushbu yagona missiya doirasida, Shariat – butun sayyoramiz va insonlarga yetish ehtilomi bor zarar va nuqsonlarni oldini oladigan hamda batahqiq taraqqiyotga olib boradigan aniq maqsadlarni belgilab berdi. Iymon e’tiqodda mustahkam bo’lgan taqvodorlar esa ushbu maqsadlar asosida yashash bilan Yaratganning roziligiga va marhamatiga erishishga intilishadi.  Ma’naviyat va axloq – taqvo va xayrixohlik ishlariga xosdir.

Amaliy muhokamalarga ko’ra, BMT tomonidan ilgari surilgan BRMlari e’tiqodiy masalalardan holi bo’lishi va ko’rinishi kerak. Ular biron bir din yoki e’tiqod buyurganidek, «oshkora» yetakchi printsiplar bilan ta’minlanmagan. Biroq, albatta BRMlarini axloqiy o’lchovga ega emas va faqatgina moddiy yutuqlarga erishishga intiladi, deb ta’kidlash noto’g’ri bo’lar edi. Kambag’alga biron-bir mablag’ ko’rinishida yordam yoki ovqat bergan vaqtda, bu uning uchun “moddiy naf” bo’lishi mumkin, ammo, kambag’alga yordam beradigan, ochlarni ovqatlantirgan qo’llar uchun ushbu ishlar bilan moddiy manfaatlardan yuqoriroq ma’naviy qadriyatlar oldingi chiqadi. Altruizm va xayrixohlikdan kelib chiqqan bunday xatti-harakatlar axloqiy harakatlarning namunalaridir. BRMlarning kelib chiqishi «bozordagi muvaffaqiyatsizliklar»ini o’rnini qoplash uchun ekanligi haqli ravishda tasdiqlangan. Sababi, ochko’zlik va takabburlik urchigan  bozorlarda hech qachon kambag’al va qashshoqlarga g’amxo’rlik qilish, nizo va mojarolarning, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning oldini olish, yer yuzida va dengiz ostidagi jonzotlarga g’amxo’rlik qilish uchun hech qanday jamoat mollari yetkazib berilmaydi. Biroq, BRMlarining axloqiy o’lchovi yo’q deb aytish juda noto’g’ri bo’ladi.

BRMlarining axloqiy o’lchovi yo’q deb aytish juda noto’g’ri bo’ladi.

Shu bilan birga, MaS va BRMlar o’rtasidagi muvofiqlikni o’rganadigan bunday tadqiqotning maqsadi – jamiyatning axloqiy maqsadlariga erishish uchun kelishilgan va muvofiqlashtirilgan harakatlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki dalillar har ikkala ramka doirasida global maqsadlar orasida katta darajadagi muvofiqlikka («ekvivalentlik» bilan aralashtirmaslik talab etiladi) ishora qilmoqda. Al-G’azzoliy bayon qilgan MaS doirasi beshta global maqsadni taqdim etadi – din (din), nafs (o’zlik), aql, nasl-nasab va mol-mulk (boylik)ni himoya qilish va isloh qilish. Islomshunos olimlar beshta global maqsadning har biri bo’yicha sub-maqsadlarni aniqlash uchun miqyosni kengaytirdilar va ularning o’zaro bog’liqligini ta’kidlashga intiladilar. Huddi shunday, BRM doirasidagi o’n yettita maqsadning har biri ostida juda ko’p kichik maqsadlar mavjud.

Maqsadlarning o’lchovliligi:

Quyida, biz o’lchov masalasini ko’rib chiqamiz. 2030 yilgacha erishiladigan global rivojlanish uchun 17ta BRMlari 169ta kichik maqsadni belgilab qo’ydi. Ushbu maqsadlar bo’yicha natijalar tendensiyasini 232ta noyob ko’rsatkichlar orqali kuzatib borishga kelishib olindi. Shunday qilib, BRM doirasidagi maqsadlar va erishilgan natijalarni o’lchay, baholay olish ushbu dastur muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Bu Piter Drukerning taniqli so’zlariga mos keladi: «O’lchagan narsa boshqariladi». Ammo zamonaviy olimlar, ushbu fikrni tadqiq etar ekanlar – “o’lchovga haddan tashqari ahamiyat berishdan ogohlantiradilar”. Ular axloqiy fazilatlar, donolik, ehtiyotkorlik va hukmni o’lchash qiyin bo’lgan va natijada muntazam ravishda ta’kidlanmaydigan misollarni keltiradilar. Biroq, muhabbat va alturizm kabi insoniy qadriyatlarni o’lchash qiyin. Shu bilan birga, biz ularni xavf ostiga qo’yadigan tashkilot hayotidagi hal qiluvchi omillar sifatida e’tiborsiz qoldirishimiz haqida kelishuv mavjud.

Taqvodorning ma’naviy hayotida qadriyatlarini o’lchovlilik darajasi bormi? Allohning roziligini olish uchun qilingan xatti-harakatlarning miqdoriy natijalariga biror misollar mavjudmi? Javob ijobiy, hatto ibodat yoki boshqa taqvo masalalarida ham o’lchash imkoniyatlari bor.  

Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v. aytadi: “Kim Allohning Kitobidan bir harf oʻqisa, unga buning uchun bir savob boʻlur. Har bir savob esa oʻn misli(ga koʻpaytirilur). «Alif. Laam. Miym – bir harf” demayman. Balki “Alif” bir harf, “Laam” bir harf, “Miym” bir harf», dedilar». (Termiziy rivoyati)

Ka’b bin ‘Ujradan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s): «Ba’zi so’zlar bor, ularni aytguvchi qorilarni hech qachon g’am tutmas. Bular: o’ttiz uch marta tasbeh yoki «Subhan-Alloh» (Alloh nuqsonlardan holi), o’ttiz uch marta tahmid yoki «al-hamdu lillah» (Allohga hamd bo’lsin) deyish va o’ttiz to’rt marta takbir yoki «Allohu akbar» deyish. (Alloh buyukdir); Va har bir namoz o’qilgandan keyin o’qilishi kerak. » (Sahihi Muslim)

Abu Said Al-Xudriy rivoyat qilinadi: Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jamoat namozi yolg’iz o’qilgan namozdan yigirma besh marta ustundir». (Sahih al-Buxoriy)

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi: Rasululloh aytdilar: «Kambag’allar jannatga boylardan oldin, besh yuz yil (ya’ni) yarim kun ichida kiradilar». (Termiziy rivoyati)

Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladilar: Men Rasululloh (s.a.v.) ning eshitganlarini eshitdim: «Bir musulmon bemor musulmonni ziyorat qilganida, yetmish ming farishta kechgacha u uchun ibodat qiladilar. Agar u kechqurun uni ziyorat qilsa, etmish ming farishta ertalabgacha u uchun ibodat qilishda davom etmoqda; Va U (O’z fazli bilan) Jannatda hosilni yig’ib oladi ». (Termiziy)

Shariatda ajr, hasana, savob (ma’naviy mukofot birliklari)da chuqur va tartibli qiyoslar mavjud.

Shariatda bir qancha amallar borki, boshqalaridan X baravar yaxshiroq bo’lganligi haqida ko’plab hadislar mavjud. Shariat amallari garchi taqvodorlik, xayrixohlik, Yaratganga bo’ysunish va ruhni poklash bilan bog’liq bo’lsada, ajr, hasana, savob (ma’naviy mukofot birliklari)da chuqur va tartibli taqqoslash hollari mavjud. Shu sababdan ham dindorlarning harakatlarini rag’batlantirish va MaS tizimini ishga tushirish uchun foydalanilgan yuqoridagi metodologiyaga o’xshash, aniq yo’l xaritalari va ko’rsatkichlar ishlab chiqilishi kerak.

Moddiy va/yoki ma’naviy yutuqlar.

Biz musulmonlarga ham ma’naviy, ham moddiy mukofotlar, ko’pincha ikkalasining kombinatsiyasi turtki bo’la olishini anglashimiz kerak; ba’zan ular o’rtasida murosaga kelinadi. Agar BMT tomonidan ilgari surilgan BRMlari faqat moddiy rag’bat olish uchun deb qabul qilinsa, bundan ajablanmaslik kerak. Bu shunchaki muhim emas.

Darhaqiqat, agar ba’zi iqtisodiy birliklardan faqat moddiy ehtiyojlar ko’zlansa, yoki boshqalaridan faqatgina ma’naviy rag’batlar kutilsa yoki uchinchisi ikkalasining kombinatsiyasiga erishish uchun harakat qilinsa, ularning barchasi tenglamaga kiritilishi mumkin – global miqyosda. Bu «paradigma o’zgarishini» talab qiladigan “yoki unisi-yoki bunis” ssenariysi bo’lishi shart emas. (1)

Davomi bor…

Eslatma:

  1. Ammo haqiqat shuki, hozirgi Islomiy moliya sektori «islohotga» muhtoj. Aksariyat ishtirokchilar o’zlarining islomiy yorliqlarini oqlaydigan minimal darajadagi shariat talablariga rioya qilish bilan cheklana turib, moddiy maqsadlarga juda moyil yoki o’ta yo’naltirilgandir. Ular Shar’iat Maqsadlariga e’tiborni qaratib, ma’naviy o’lchovlarga intilishlari va ularga yaqinlashishlari kerak.

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s

%d bloggers like this: