Agar Shariat maqsadlari va BRM orqali boshqariladigan jarayonlarni ayni ikki o’lchovli makonda birlashtirmoqchi bo’lsak, ruhiy qadriyatlar va axloqiy yutuqlarni o’zaro uyg’unlashtirish real yondashuv bo’ladi.

Shariat Maqsadlari (MaS) asosida  islom moliyasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishgabag’ishlangan seriyali maqolamizning ushbu ikkinchi qismida Maqasid ash-Shariah (MaS) va BRM o’rtasidagi muvofiqlikni yoki moddiy va ma’naviy manfaatlarni muhokama qilishni davom ettirmoqdamiz.

Agar moddiy daromad – boylikni ko’paytirish vositasi yoki ishonchi shaxs sifatida qaralsa, huddi axloq, diniy qadriyat, shaxsning obro’si yoki ma’naviy qiyofasi kabi mavhum shaklda bo’lishi mumkin. Masalan, kompaniyaning obro’si – uning moliya bozoridagi aksiyalari narxiga ta’sir qiladi degan farazga tayansak, huddi axloqiy normalar kabi mavhum bo’lgan, emitentlarning obro’sini oshirish orqali ushbu qo’shimcha qiymat yuzaga kelayotgani ko’rinadi. Xuddi shunday, xayriya tashkilotlari (zakot va vaqf) sharoitida tashkilotlar obro’si, ular faoliyatiga bo’lgan ishonch – mablag’lar va aktivlar oqimining ko’payishiga olib kelishi mumkin. Qachonki, biror tashkilot yoki korxona xayriya uchun ajratmalari ulushini ko’paytirishni niyat qilar ekan, bundan moddiy manfaatdorlik ham qisman ko’zlangan bo’ladi. Agarda, ushbu iqtisodiy birlashma (jismoniy yoki yuridik shaxs) harakatlari shariatdagi vakolatlariga yoki tegishli qoidalarga muvofiq bo’lsa, moddiy manfaatdorlikni istagani aybdor qilinmaydi. Shaxsiy xayriya tashkilotlari kontekstida yana bir misol keltirish mumkin. Donorni xayriya qilishga «o’zini yaxshi his qilish/ xotirjamlikka erishish» omili undagan bo’lishi mumkin, aksincha boshqa xayrixohlar harakatlari «o’zini-o’zi anglash/harakatga keltirish» omili bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Insonning halollik va taqvodorlik qiyofasi moddiy manfaatlarga asoslanishi yoki buning uchun ijtimoiy e’tirof, kuch va boylik oshadi  kabi oddiy tushunchadan kelib chiqqan bo’lishi ham mumkin.

Yoki aksincha, shaxs faqatgina Allohning roziligi uchun harakat qilayotgan va xayrli amallarga rag’bati oshgan bo’lishi ham ehtimoldan yiroq emas.  Iqtisodiy birlik, uning harakatlari Yaratganning roziligini olish niyatlari bilan qo’llab-quvvatlansa, ma’naviy yutuqlarga intiladi. Odamlarning qalbi va ongida yoki niyatida yotadigan narsa, asosan, zohiran kuzatilmaydi va faqat Rabbimizga ma’lum bo’ladi yoki ba’zan, manfaatdor shaxs yoki tashkilot tomonidan ochiqchasiga oshkor qilinadi. Darhaqiqat, yashirin «moddiy» motivatorlar ba’zida odamning yuragi va ongida uni chuqur anglab yetishi uchun juda chuqur qolishi mumkin.

Iymon egalariga har qanday xayrli ishni boshlaganida, uning rag’bati to’g’risida doimiy o’ylashi va niyatlarini pokligini ta’minlash uchun Allohning yordamini tilashi va niyatida zohir bo’lishi ehtimolli har qanday riyo uchun Rabbisiga tavba va istig’for aytib turishi tavsiya qilinadi.  Shaxs o’zi uchun har qancha taqvodor yoki xayrixoh ko’rinsa ham, niyatlari pokligi yoki harakatlarda «ixlos» larning mavjudligini ta’minlash uchun maksimal darajada va doimiy ravishda hushyor turishi kerak. Shu bilan birga, bu yerda niyat (niyyah) va uning pokligi (ihlas) tushunchalari botiniydir va bu shaxs va Yaratgan o’rtasida qat’iy bog’liqligi ta’kidlanishi kerak.

Niyat (poklik) va uning pokligi (ixlos) tushunchalari ko’zga ko’rinmaydi va ular faqatgina shaxs va Yaratgan o’rtasida qat’iy rishtadir.

Jamoaviy foydaga erishish va zararni oldini olishga qaratilgan harakatlarini tahlil qilish uchun,  botiniy niyat va ixlos tushunchalaridan iqtisodiy birliklarning harakatlarida aks etgan «oshkora» niyatlarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Tahlillar uchun biz barcha harakatlarni (strategiyalar, taktikalar, siyosat choralari) quyidagi moddiy-ma’naviy makonda tasniflaymiz. Vertikal o’q moddiy yutuqlarni, gorizontal o’q esa ma’naviy yutuqlarni bildiradi. To’rt chorakda biz moddiy-ma’naviy yutuqlarning to’rtta kombinatsiyasiga olib boradigan aniq harakatlarni joylashtirishimiz kerak.

Jamoaviy foydaga erishish va zararni oldini olishga qaratilgan harakatlarini tahlil qilish uchun,  botiniy niyat va ixlos tushunchalaridan iqtisodiy birliklarning harakatlarida aks etgan «oshkora» niyatlarini o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Bu yerda ikkita muhim fikrni ta’kidlash o’rinli. Birinchidan, agar Shariat maqsadlari va BRM orqali boshqariladigan jarayonlarni ayni ikki o’lchovli makonda birlashtirmoqchi bo’lsak, gorizontal o’q bo’ylab ruhiy qadriyatlar va axloqiy yutuqlarni o’zaro uyg’unlashtirish realistik yondashuv bo’ladi. SDGlar ruhiyat haqida emas, ammo, albatta, ma’naviy va axloqiy tushunchalar bilan bog’liq. Ikkinchidan, biz harakatni faqatgina ularning har biri bilan bog’liq bo’lgan moddiy yoki ma’naviy / axloqiy yutuqlarni qandaydir tarzda aniqlash va/yoki o’lchash mumkin bo’lgandagina umumiy nuqta sifatida o’zimizning ikki o’lchovli makonimizga joylashtirishimiz, taqqoslashimiz va eng maqbulini tanlashimiz mumkin.

Ham moddiy, ham ma’naviy / axloqiy yutuqlar ijobiy bo’lgan 1-kvadrant (A1, A2, A3 punktlari):

Masalan, dindorlarning individual darajadagi halol oziq-ovqat biznesidan olinadigan daromad; ro’za tutish va undan sog’liq uchun foydalar; haj amallarini bajarish va tovarlardan tushadigan daromadlarini kiritish mumkin. Ibratli darajada Maqasid ash-Shariah va unga moslashgan BRMlarni tadqiq qilish bo’yicha deyarli barcha harakatlar ushbu kvadrantga to’g’ri keladi. Ko’rinib turibdiki, A1 va A2 nuqtalari bunday kombinatsiyalarni umumlashtira oladi; A3 A1 va A2 dan ko’proq narsani anglatadi. Biroq, A1 dan A2 ga o’tishda murosaga kelish kerak. Ikkinchisi, avvalgisiga nisbatan ko’proq moddiy manfaatlarni va kamroq axloqiy / ma’naviy manfaatlarni nazarda tutadi.

Moddiy yutuqlar ijobiy, ammo axloqiy / ma’naviy yutuqlar salbiy bo’lgan 2-kvadrant (B nuqta):

Masalan, dori-darmonlarda cho’chqa go’shti ekstraktlarini, oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda arzon, ammo halol bo’lmagan tarkibiy qismlardan foydalanishni, xususan riba bilan daromadlarni oshirishga intilayotgan korxonalar va moliya institutlarini, «noshar’iy bizneslarga» investitsiyalarni o’z ichiga olishi mumkin. Makro darajada esa monopoliyani rag’batlantiradigan yoki o’sishni ta’minlaydigan, ammo daromadlar va boylikdagi nomutanosiblikni kuchaytiradigan siyosat bu holatga misol bo’la oladi.

Ham moddiy, ham ma’naviy / ma’naviy yutuqlar salbiy bo’lgan 3- kvadrant (C nuqta):

Masalan, sog’liq uchun katta xavf tug’diradigan alkogol ichimliklari, tamaki mahsulotlari va cho’chqa go’shtini iste’mol qilish; kam daromad va qashshoqlikka olib keladigan ma’lumot va mahoratning etishmasligi, kasalliklarga olib keladigan yomon sanitariya holati; noqulay iqlim sharoitiga olib keladigan uglerod chiqindilari. Ushbu kvadrantdagi harakatlar 1-kvadrantdagiga mutlaqo ziddir.

Axloqiy / ma’naviy yutuqlar ijobiy, ammo moddiy yutuqlar salbiy bo’lgan 4- kvadrant (D nuqta):

Oddiy misol, jamoat namozlari vaqtida biznes subyektlarining vaqtincha yopilishi tufayli mijozlar va daromad hajmini kamaytiradigan biznes, ribo asosidagi xizmatlardan voz kechish orqali bank o’z mijozlarini yo’qotishi xavfi va boshqalar.

Ushbu tuzilma yordamida endi to’rtta kvadrantning istalgan qismida ham MaS, ham BRM doirasida turli xil global maqsadlar va submaqsadlarni xaritalashtirish mumkin.  Umuman  olganda,  moslashtirish holatlari      1- kvadrantga to’g’ri keladi, boshqalari esa mos kelmaydi. Buni amalga oshirishni ushbu seriyali maqolamizning keyingi qismida tahlil qilamiz, in sha Alloh.

(Davomi bor…)

About the Author Mohammed Obaidullah

Dr. Mohammed Obaidullah is an economist based in Jakarta, Indonesia

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s

%d bloggers like this: