Ilohiyotga xos bo’lgan ochiq axloqiy tamoyillarga va e’tiqod hamda dinga asoslangan (MaS) maqsadlar va turli dinlar va madaniyatlarga ega jamiyatlarni namoyish etuvchi global tashkilot bo’lgan BMT tomonidan qo’yilgan maqsadlarga (BRM) muqarrar ravishda ba’zi bir qismlardagina nomuvofiq keladi xolos.

Taraqqiyotning Islomiy qarashlari – Qur’on va Sunnatga asoslanadi. Islom dini nuqtayi nazarida rivojlanishning asosiy omili bu falahdir. Qur’oni karimda falah yoki fawz kabi iboralarga ko’p murojaat qilingan.[1] Insonlar falaxga erishish uchun intilishlari kerak, bu yer yuzidagi hayotning farovon bo’lishini anglatadi.

Falah tushunchasining inklyuzivligi Qur’oni Karimda Payg’ambar alayhissalomning olamlarga rahmat qilib jo’natilganligi, va kamolotga yetgan inson sifatida namuna o’laroq tasvirlanishi bilan bog’lanadi.

“Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik” (Quroni karim, 21:107)

Rahmat (rahm-shafqat) hamma narsani qamrab oladi.

Rahmat, rahm-shafqat yoki rahmdillik kabi qadriyatlar Shariatning asosiy maqsadi ekanligi haqidagi ilmiy yakdillik,  Qur’onning o’zi ham iymon keltirganlar va insoniyat uchun «yurak xastaligidan davolanish» va «hidoyat va rahm-shafqat» sifatida tavsiflanishiga asoslanadi. [2] Ushbu yakuniy maqsad Qur’onda shariatning eng yuqori maqsadlaridan biri bo’lib, turli yo’llar bilan namoyon bo’ladi.

Huquqiy va amaliy nuqtai nazardan, eng muhim maqsadlar – rahmah (rahm-shafqat yoki rahmdillik), falah (farovonlik, najot), maslahah (manfaatlar)ga erishish va odamlar hamda sayyoramizga yetajak mafsadah (zarar)larning oldini olish bilan ifoda etiladi.

Maslahah va mafsadahdagi ikki mazmun asosan bir xil maqsadning muqobil o’lchovilari hisoblanadi. Rahmah yoki rahm-shafqatning yana bir ko’rinishi adl (adolat) yoki pok vijdondir. [3]

“Darhaqiqat, Biz Payg’ambarlarimizni ravshan (narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik: (Qur’oni Karim 57:25)

Adl yoki adolat hayotning barcha sohalarida farq va nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun tenglikni ta’minlash hamda huquqlar va majburiyatlar o’rtasida muvozanatni o’rnatishga qaratilgan Shariatning muhim qismidir. Shariat jihodni [4] adolatni ta’minlash uchun zulm (adolatsizlik)ka qarshi va qisas [5] (adolatli qasos) bilan kurashish usuli sifatida oqlaydi. Qat’iy iqtisodiy muvozanatga erishish uchun  Shariat zakot institutidan (boylardan yillik majburiy yig’im) shunday oqilona foydalanadi: «boylik faqat boylar orasida aylanmasligi uchun» (Qur’on 59: 7).

Taraqqiyot nuqtai nazaridan irqiga, diniga, rangiga, jinsiga qarab ish imkoniyatlari, yashash sharoitlari, ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqalar bilan bog’liq har qanday kamsitish – adl yoki adolatga ziddir. Moliyaviy nuqtai nazardan riba, garar, g’abn, nohaq boyish va bozor manipulyatsiyasi usullarining mavjudligi (masalan, monopoliyalar) adolatga ziddir.

Tahdhib al-Fard (Shaxsni tarbiyalash) Shariatning yana bir oliy darajadagi maqsadidir. [6] Qo’rquv va Yaratganning itoatida bo’lish (taqwa), to’g’ri axloqiy qadriyatlar (akhlaq), niyat pokligi (ikhlas), namoz (salat) [7] va mehr-oqibat (sadaqa) harakatlarida ishtirok etish – ushbu ibodatlarning barchasi insonni ishonchli vakilga aylantiradi. Bunda inson va jamiyat uchun ko’plab manfaatlar bor. Qur’on va Sunnat o’zlarining buyruqlari, nasihatlari, da’vatlari, qaytariq va ta’qiqlaridan ko’zlangan maqsadlarini, sabab va asoslarni hamda foydalarini aniq ifoda etgan ko’plab holatlar mavjud. Foyda boshqalarga nisbatan bilvosita nazarda tutilgan. Balki adl (adolat va adolat) va tahdib al-farz (inson tarbiyasi) ning maqsadlari ham individual va ijtimoiy manfaatlar (yoki individual va ijtimoiy zararlarning oldini olish) nuqtai nazaridan muhokama qilinadi va shu bilan maslahahning ahamiyati namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, Shariat Maqsadilari (MaS) sayyoradagi odamlarning farovonligiga (falaxiga) olib keladigan foydalar (maslahah)ga erishish va zararlarni (mafsada)ni bartaraf etishga bag’ishlangan.

Maqasid (Maqsadlar): Boshlang’ich va xosilaviy

So’nggi yillardagi ilmiy tadqiqotlar Maqasid ash-Shariah (MAS) ko’lamini kengaytirib, taraqqiyotning Islomiy qarashlarini rivojlantirmoqda. Shariat maqsadlari (MaS)ning tuzilishi – Shariatni himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan beshta jihatni ajratib ko’rsatgan: iymon (din), insonning nafsi, aql (aql), avlod (nasl) va boylik (maal). [8] Ularni xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan asosiy maqsadlar yoki maqasid (al-asliya) sifatida qaraladi.

Shu bilan birga, Qur’on va Sunnatda asosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur deb hisoblangan yana bir qancha maqsadlar mavjud. Ularni natijaviy maqsadlar (tabiah) deb atash mumkin. Maqsadlardan biriga yoki ikkisiga beparvo bo’lish odamlar va sayyora uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi tezlashgan zamonaviy dunyoda ta’sirlarning nisbiy ahamiyati vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin, bu esa umumiy tuzilishda tegishli o’zgarishlarni talab qiladi.

Shuningdek, olimlar vaqti-vaqti bilan mavjud beshta Maqasid(MaS) ga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritishni taklif qilishgan. Bunday qo’shimchaning misoli al-‘ird (sharaf) himoyasi. Bu asosan Shariat insonlarni tuhmatdan saqlanishlari uchun bergan huquqidan kelib chiqadi.[9] Ushbu munosabatlarga taniqli olim Ibn Taymiyya ham katta hissa qo’shgan bo’lib, u maqasidni cheksiz qadriyatlar ro’yxati sifatida ishlab chiqqan, u hozirda (a) shartnomalarni bajarish, (b) oilaviy aloqalarni saqlab qolish va (c) boshqalarning huquqlarini hurmat qilish (d) Xudoni sevish (e) samimiylik (f) ishonchlilik va (g) axloqiy poklik kabilarni ham qo’shgan. Xuddi shunday yondashuvni zamonaviy huquqshunos Al-Qaradaviy ham davom ettirdi va u Maqasidlar ro’yxatini yanada kengaytirib, shariatning eng yuqori Maqsadlari qatoriga inson qadr-qimmati, erkinligi, ijtimoiy farovonligi va insoniy do’stlikni qo’shdi. Kamali esa ushbu rivojlantirishga iqtisodiy yuksalish va ilm-fan va texnologiyalarni taraqqiyotini qo’shishni taklif qildi, chunki bu dunyo musulmonlarining dunyo hamjamiyatidagi mavqeini oshirish juda muhimdir. Zamonaviy islom iqtisodchilari orasida Chapra (2008) beshta asl Maqsadlar haqida keng qamrovli munozaralar va ularning natijalari yoki submaqsadlarining to’liq ro’yxatini taqdim etdi.

BRMlarni MaS xosilalari bilan xaritalash

Chapra (2008) tomonidan berilgan sharhda beshta Maqasidning 39 ta natijalar to’liq ro’yxati keltirilgan. Ushbu ro’yxat bilan biz avvalgi savolimizga qaytamiz. BRMlari taraqqiyotning islomiy qarashlariga qay darajada mos keladi? Biz quyida, BRMlarni beshta yirik Maqsadlar bilan qisqacha taqqoslash va ularning tegishli natijalarini taqdim etishni maqsad qildik.

Keling, tezkor kuzatuvlar o’tkazamiz. Ilohiyotga xos bo’lgan va ochiq axloqiy tamoyillarga asoslangan va bir tomondan e’tiqod va dinga asoslangan (MaS) maqsadlar va turli dinlar va madaniyatlarga ega jamiyatlarni namoyish etuvchi global tashkilot bo’lgan BMT tomonidan qo’yilgan maqsadlar (BRM) muqarrar ravishda ba’zi bir qismlardagina nomuvofiq keladi. Doktor Chapraning tadqiqot natijasiga ko’ra jami 39 ta xosilaviy maqsadlardan 10 tasini BRMlarning birortasiga moslab bo’lmadi. Buning sabablarini topish qiyin emas. Barcha farqli maqsadlar aniq ma’naviy va diniy o’lchovni aks ettiradi va shuning uchun ham e’tiqod masalalarini ko’zda tutmagan, materialistik va axloqiy jihatlarga asoslangan BRMlar bilan mos kelmaydi. Shariatning eng yuqori maqsadlarining aksariyati – adl (adolat va adolat), sha’ni va qadr-qimmat, tadbirkorlik erkinligi, ifoda va qo’rquv, kelishmovchilik, korruptsiyaga qarshi kurashish (yaxshi boshqaruv)kabilar bitta BRMda, ya’ni 16-BRMda aks etgan. MaS va BRMlar o’rtasida iqtisodiy ehtiyojlar, masalan, daromad va turmush sharoitlari, ish, oziq-ovqat, suv va sanitariya, boshpana, sog’liqni saqlash, ta’lim kabi kontekstda to’g’ridan-to’g’ri moslashtirish oson. Ta’lim- MaS doirasida yanada kengroq ma’noga ega, chunki u tolibni iqtisodiy jihatdan mustaqillikka olib chiqadigan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish bilan birgalikda axloqiy, ma’naviy va diniy ta’limni ham o’zlashtirishga undaydi.

Davomi bor…

[1] Chapraning so’zlariga ko’ra (2008), Falah so’zi va uning hosilalari Qur’onda 40 marta ishlatilgan. Falohning sinonimi bo’lgan «favz» so’zi, shuningdek, uning hosilalari bilan birgalikda 29 marta ishlatilgan.

[2] Qur’oni Karim (10:57)

[3] Kamalining so’zlariga ko’ra, adolat qiymat sifatida Qur’onda ellik uch marotaba zikr qilingan.

[4] «O’zlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilinganligi uchun (urushga) izn beriladi» (Qur’on 22:39)

[5] «Sizlarga qasos olishda hayot bor. Ey aql egalari!» (2: 179)

[6] Kamalining ta’kidlashicha, ahamiyatlilikka ko’ra o’ringa ko’ra, hatto Maslahah va Adldan oldinda qo’yilishi kerak.

[7] «Darhaqiqat, namoz behayolik va munkar ishlardan qaytarur» (29:45).

[8] dastlab Al-G’azzoliy, keyin esa Ash-Shotibi tomonidan e’lon qilingan

[9] Shihabiddin al-Qarafiy ushbu oltinchi maqsadni dastlabki beshtaga qo’shib qo’ydi.

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s

%d bloggers like this: