Tadqiqotimizning dolzarbligi shundaki, biz MaS va BRMlar o’zaro uyg’unlashuvidagi Islomiy Ijtimoiy  Moliya (IIM), xususan, Vaqflarning roli va ahamiyatini ko’rib chiqamiz. Shuningdek, Shariat maqsadlari va Birlashgan Rivojlanish Maqsadlariga erishishda vaqflarning eng yaxshi tajribalarini o’rganish uchun dunyodagi mavjud vaqf tuzilmalarining to’liq ma’lumotlar bazasini shakllantiramiz.

Oldingi maqolalarimizda ta’kidlab o’tilganidek, islomshunos olimlar MaS tizimini kengaytirib, beshta global maqsadlarning har biri bo’yicha ko’plab sub-maqsadlarni yoki bir-biriga mos keladigan tomonlarni aniqladilar va ularning o’zaro bog’liqligini ta’kidlashga intildilar. Huddi shunday, BRM doirasidagi o’n yettita maqsadning har biri negizida ko’plab sub-maqsadlar mavjud. Shuning uchun, MaS va SDGlarning keyingi darajasida izchillik yoki nomuvofiqlikni tekshirish muhimdir. Tadqiqotimizning dolzarbligi shundaki, biz ushbu ikkita yo’nalishdagi maqsadlarning o’zaro uyg’unlashuvidagi Islomiy Ijtimoiy  Moliya (IIM), xususan, Vaqflarning roli va ahamiyatini ko’rib chiqamiz. Shuningdek, Shariat maqsadlari va Birlashgan Rivojlanish Maqsadlariga erishishda vaqflarning eng yaxshi tajribalarini o’rganish uchun dunyodagi mavjud vaqf tuzilmalarining to’liq ma’lumotlar bazasini shakllantiramiz.

BRM1: Qashshoqlikning har qanday ko’rinishini tugatish

BRMMaqsadlarVaqf faoliyati
1.12030 yilga kelib, hozirda kuniga 1,25 dollardan kam daromadga ega bo’lganlarni kambag’allikdan chiqarish va qashshoqlikni butkul yo’q qilish. Qashshoqlar, yetimlar, beva ayollar, keksalar, kasallar va nogironlar uchun vaqf fondlari (ijtimoiy ta’minot tizimlari, zaruriy yordamlar ko’rsatish uchun)
1.22030 yilgacha, milliy ta’riflarga muvofiq barcha o’lchamlarda qashshoqlikda yashovchi barcha yosh qatlamlaridagi erkaklar, ayollar va bolalar ulushini kamida yarmiga kamaytirish.Vaqfga asoslangan Qarz Fondlari (notijorat mikrokredit)
1.3Barcha qatlamlar uchun milliy darajada mos keladigan ijtimoiy himoya tizimlarini amalga oshirish va 2030 yilga kelib kambag’al va zaif insonlar salmog’ini sezilarli darajada qamrab olishga erishish.Vaqfga asoslangan sug’urta jamg’armasi (notijorat kooperativ mikro takaful va kafolat)
1.42030 yilga kelib barcha erkaklar va ayollar, xususan kambag’allar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari iqtisodiy resurslarga teng huquqlarga ega bo’lishlarini, shuningdek, asosiy xizmatlardan foydalanish, egalik qilish va er va boshqa mulk shakllari ustidan nazorat, meros, tabiiy resurslar, tegishli yangi texnologiyalar va mikromoliyalashni o’z ichiga olgan moliyaviy xizmatlarni yo’lga qo’yishVaqfga asoslangan mikromoliyalashtirish jamg’armasi (iqtisodiy faol bo’lgan kambag’allar foydalanishlari uchun islomiy moliya) Pul ishlab topish ko’nikmalarini oshirish uchun vaqf vositasidan foydalanish, ya’ni Boshlang’ich biznes va mikrobiznes uchun vaqf inkubator jamg’armasi
1.52030 yilga kelib kambag’allar va zaif vaziyatga tushib qolganlarning barqarorligini oshirish, ularning iqlim bilan bog’liq ekstremal hodisalar va boshqa iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik shoklar va ofatlarga ta’sirini va zaifligini kamaytirishTabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yoki ko’chirilganlarga yordam berish uchun gumanitar vaqf Vaqf binolari va tabiiy ofatlar paytida vaqtinchalik boshpanalar uchun binolar
1.aRivojlanayotgan mamlakatlarga, xususan, LDKlarga qashshoqlikni barcha o’lchovlarini yo’q qilish bo’yicha dasturlarni amalga oshirish uchun yetarli vositalarni taqdim etishda turli manbalardan, shu jumladan rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, ulardagi mavjud imkoniyat va resurslarni sezilarli darajada safarbar etilishini ta’minlash.Vaqfga asoslangan Xalqaro qashshoqlikni yengillashtirish va yashash sharoitlarini yaxshilash jamg’armasi
1.bKambag’allikni yo’q qilishga tezlashtirilgan investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida kambag’allarga va genderga sezgir bo’lgan rivojlanish strategiyasiga asoslangan milliy, mintaqaviy va xalqaro darajada mustahkam siyosat asoslarini yaratish.Vaqf tomonidan moliyalashtiriladigan strategik va siyosiy tadqiqotlar, salohiyatni oshirish va targ’ibot muassasasi

BRM2: Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilashga erishish va barqaror qishloq xo’jaligini rivojlantirish

BRMMaqsadlarVaqf faoliyati
2.12030 yilga qadar ochlikni tugatish va barcha odamlar, xususan, kambag’allar va zaiflar, shu jumladan chaqaloqlarni, butun yil davomida xavfsiz, to’yimli va yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo’lishlarini ta’minlash.Oziq-ovqat vaqflari (o’ta qashshoqlar uchun oziq-ovqat banki, oziq-ovqat kuponlari tizimini shakllantirish yoki musofirlarga yordam berish, oziq-ovqat mahsulotlarining isrofini oldini olish)
2.22030 yilga qadar to’yib ovqatlanmaslikning barcha turlari, shu jumladan, 2025 yilga qadar xalqaro miqyosda kelishilgan besh yoshgacha bo’lgan bolalarning bo’yi pastligi va isrofgarchilikning oldini olishga erishish bo’yicha maqsadlar, o’spirin qizlar, homilador va emizikli ayollar va keksa yoshdagi kishilarning ovqatlanish ehtiyojlarini qondirish.Oziqlantirish bo’yicha vaqf (onalar, bolalar va qariyalar uchun ovqatlanishni ta’minlash; to’yib ovqatlanmaslikga qarshi targ’ibot)
2.32030 yilga borib qishloq xo’jaligi mahsuldorligi va kichik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari, ayniqsa ayollar, mahalliy aholi, oilaviy dehqonlar, chorvadorlar va baliqchilarning daromadlari, shu jumladan yerga, boshqa ishlab chiqarish resurslari va manbalariga, bilimlarga, moliyaviy xizmatlarga xavfsiz va teng huquqli kirish orqali, bozorlar va qishloq xo’jaligidan tashqari sohalarda ham qo’shimcha qiymat va ish o’rinlarini shakllantirish imkoniyatlari.Vaqfga asoslangan qishloq xo’jaligi investitsiya jamg’armasi (kichik fermerlar uchun foyda olish uchun Islomiy moliya) Vaqfga asoslangan sug’urta jamg’armasi (notijorat kooperativ mikro takaful va kichik fermerlar uchun kafolat) Vaqf asosida oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash birliklari uchun inkubator Vaqf mablag’lari hisobidan halol oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiq qilish va sertifikatlash laboratoriyalari
2.42030 yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini ta’minlash va hosildorlik va ishlab chiqarishni oshiradigan, ekotizimlarni saqlashga yordam beradigan, iqlim o’zgarishi, ob-havoning o’zgarishi, qurg’oqchilik, suv toshqini va boshqa ofatlarga moslashish qobiliyatini kuchaytiradigan hamda yer va tuproq sifatini tobora yaxshilaydigan barqaror qishloq xo’jaligi amaliyotini joriy etish.Qishloq xo’jaligi vaqf fondi (vaqf asosida fermer xo’jaliklari yerlarini keng miqyosda rivojlantirish) Fermerlik mahoratini oshirish uchun vaqf inshooti Sug’orish ob’yekti uchun suv vaqfi (masalan, nasoslarni ijaraga berish)
2.52020 yilga qadar urug’larning, madaniy o’simliklarning, dehqon va uy hayvonlarining va ular bilan bog’liq bo’lgan yovvoyi turlarning genetik xilma-xilligini saqlab qolish, shu jumladan milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda ishonchli boshqariladigan va diversifikatsiya qilingan urug ‘va o’simlik banklari orqali, shuningdek, imtiyozlardan foydalanish huquqini hamda adolatli va teng taqsimotni ta’minlaymiz, natijada xalqaro kelishuvga muvofiq genetik resurslar va tegishli an’anaviy bilimlardan foydalanish imkoniyatlari paydo bo’ladiKichik dehqonlar uchun vaqf            (urug’lar, o’simliklar, o’g’itlar banki, qishloq xo’jaligi texnikasini ijaraga berish) plantatsiya vaqflari (vaqf doirasidagi plantatsiyalar va o’rmonlarni parvarish qilish va saqlash)
2.aRivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, qoloq mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun qishloq xo’jaligi infratuzilmasi, ushbu sohadagi tadqiqotlar va eksperiment xizmatlari hamda texnologiyalarni rivojlantirish, o’simlik va chorvachilik gen banklariga investitsiyalarni ko’paytirish, shu jumladan.Vaqfga asoslangan qishloq xo’jaligi maktablari, kollejlari, universitetlar va ilmiy tekshirish institutlari
2.bDunyo qishloq xo’jaligi bozorlaridagi savdo cheklovlari va buzilishlarini to’g’irlash va oldini olish, shu jumladan, Dohani Rivojlantirish Raundining vakolatiga muvofiq qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun subsidiyalarning barcha shakllarini va unga teng keladigan barcha eksport choralarini parallel ravishda olib tashlash.Manfaatlarni himoya qilish uchun vaqf
2.cOziq-ovqat tovarlari bozorlarining to’g’ri ishlashini ta’minlash hamda oziq-ovqat narxlarining haddan tashqari o’zgaruvchanligini cheklash maqsadida bozor ma’lumotlariga, shu jumladan, oziq-ovqat zaxiralariga o’z vaqtida kirishga yordam beradigan chora-tadbirlarni qabul qilishVaqfga asoslangan bozorlar / birjalar / dehqonlar mahsulotlarini sotish uchun platformalar

BRM3: Sog’lom turmush tarzini ta’minlash va har qanday yosh qatlamlarida farovonlikni targ’ib qilish

BRMMaqsadlarVaqf faoliyati
3.12030 yilga kelib dunyo miqyosida onalar o’limi koeffitsientini 100000 nafar tirik tug’ilgan chaqaloqqa 70 dan kam darajaga tushirishVaqf asosidagi tug’ruqxona va kasalxonalar
3.22030 yilga kelib yangi tug’ilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha bo’lgan bolalarning o’limining oldini olishVaqfga asoslangan bolalar parvarishlash shifoxonalari
3.32030 yilga kelib OITS, sil, bezgak va unutilgan tropik kasalliklar epidemiyalari tugatish va gepatit, suv orqali yuqadigan kasalliklar va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish.Vaqf tomonidan epidemiya / kasalliklarga qarshi kurash kampaniyalari
3.42030 yilga kelib, yuqumli bo’lmagan kasalliklardan (NCD) vafot topishgacha bo’lgan o’lim sabablarini uchdan bir qismgacha qisqartirish va davolash orqali ruhiy salomatlik va farovonlikni erishishVaqf tomonidan moliyalashtiriladigan NCD va farovonlik markazlarining oldini olish bo’yicha aksiyalar
3.5Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabu zararli odatlarni yo’q qilishni o’z ichiga olgan profilaktika va davolash jarayonlarini kuchaytirishVaqf jamoatchilik tomonidan giyohvandlik va alkogol ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi targ’ibot tadbirlarini moliyalashtiriladi
3.62020 yilga kelib, yo’l-transport hodisalarida global o’lim va jarohatlar ikki baravar kamaytirishVaqf jamoat fondlari yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha targ’ibot kompaniyalarini moliyalashtiradi
3.72030 yilga qadar jinsiy va reproduktiv sog’liqni saqlash xizmatlaridan, shu jumladan oilani rejalashtirish, ma’lumot va ta’limdan foydalanish va reproduktiv salomatlikni milliy strategiya va dasturlarga integratsiyalashuvini ta’minlash.Vaqf jamoat fondlari yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha targ’ibot kompaniyalarini moliyalashtiradi
3.8Sog’liqni saqlashning universal qamroviga (UHC) erishish, shu jumladan, moliyaviy xatarlardan himoya qilish, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon dori-darmon va vaksinalardan foydalanish.Sog’liqni saqlash uchun vaqfga asoslangan takaful Halol va umumiy dorilarni ishlab chiqarish va etkazib berish uchun farmatsevt vaqf Vaqf tomonidan moliyalashtirilgan tibbiy va emlash tadqiqotlari uchun laboratoriyalar va muassasalar (cho’chqa go’shti va harom elementlaridan xoli bo’lgan dori-darmon mahsulotlari)
3.92030 yilga kelib xavfli kimyoviy moddalar va havo, suv va tuproqning ifloslanishi va ushbu zaharkanishdan o’lim va kasalliklar sonini sezilarli darajada kamaytirishVaqf tomonidan moliyalashtirilgan laboratoriyalar va ifloslanishni o’rganish va nazorat qilish muassasalari
3.aZarur bo’lganda barcha mamlakatlarda Tamaki nazorati to’g’risidagi Asosiy Konvensiyani amalga oshirilishini kuchaytirishVaqf jamoatchilik fondi tomonidan tamakidan foydalanishga qarshi targ’ibot tadbirlarini moliyalashtirish
3.bDoha deklaratsiyasiga muvofiq, asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga ta’sir ko’rsatadigan yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklarga qarshi vaksinalar va dori-darmonlarni tadqiq qilish va ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlash, arzon dori-darmon va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.Kasalliklarni nazorat qilish va emlash bo’yicha tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash uchun investitsiyalar vaqfi
3.cRivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, LDC va SIDSda sog’liqni saqlashni moliyalashtirishni amalga oshirish, sog’liqni saqlash xodimlarini jalb qilish, rivojlantirish va o’qitish va ta’minlash.Vaqf fondi orqali shifokorlar va sog’liqni saqlash xodimlarini o’qitish va malakasini oshirish uchun tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish
3.dBarcha davlatlarning, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarni oldindan ogohlantirish, xavfni kamaytirish va sog’liqqa qarshi milliy va global xavflarni boshqarish bo’yicha salohiyatini kuchaytirishVaqflar asosida sog’liqni saqlashni boshqarish institutlarini moliyalashtirish

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Изменить )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Изменить )

Connecting to %s

%d bloggers like this: